13 dek 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevga tegishli bo'lgan promoushen o'z faoliyatini yakunladi
O'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashevga tegishli bo'lgan "Shohjahon Promotion" o'z faoliyatini yakunladi.
Bu haqida bokschining o'zi malum qildi.
"Hurmatli boks muxlislari, ayrim holatlar sababli "Shohjahon Promotion" o'z ish faoliyatini to'xtatishini afsus bilan malum qilamiz. Vaqt o'tishi bilan biz siz uchun butun vaziyatni oydinlashtirishga harakat qilamiz. Qo'llab-quvvatlagan barchaga, shuningdek, ushbu kompaniya xodimlariga bizning faoliyatimizga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda rejalashtirilgan yangi g'oyalar ko'p, ammo hozircha boksdan tanaffus qilyapmiz. Biz tez orada va yangi kuch bilan qaytamiz",-deb fikr qoldirgan SHohjahon.
P.S. "Hech kimga ishonmang va hech kim sizga xiyonat qilmaydi" - Sayfulla Timurovich
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar