28 okt 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi aniq bo'ldi + POSTER
Avvalroq professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o'tkazishi, ammo ushbu jang bekor qilingani haqida xabar qilgandik.
O'sha bahsda hamyurtimizga belaruslik Dmitriy Miliusha raqiblik qilishi lozim edi. Biroq SHohjahon va promouterlik kompaniyasi o'rtasida yuzaga kelgan sud jarayonlari sabab ushbu jang bekor qilingandi.
Bokschimizning Olamsport.com sayti muxbiriga xabar berishicha, u 16 noyabr kuni navbatdagi jangini o'tkazadi. Raqib o'zgarmagan - belaruslik Miliusha.
Malumot uchun, SHohjahon shu kungacha prof ringda 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (16ta nokaut). Miliusha esa 13 marotaba jang qilgan va ularning 9tasida g'olib bo'lgan (4ta nokaut). 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan (2ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar