04 fev 12:34
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi, Farg'onadagi boks oqshomida yana kimlar jang qiladi?
15 fevral kuni Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
			Uning markaziy jangida Birinchi yarimo'rta vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Ergashev ringga ko'tariladi. O'sha kuni Ergashevga Namibiya vakili Paulus Amavila raqiblik qilishi kerak edi.
Biroq so'nggi yangiliklarga ko'ra, SHohjahon Farg'onadagi musobaqada afrikalik boshqa bir bokschi — Pauer bilan jang qiladi.
Boks oqshomida Aloxon Abdullaev, Hilola Sobirova, Bekzod Isadullaev kabi taniqli sportchilar ham ringga chiqishi malum qilindi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev prof boksda 26 marotaba jang o'tkazib, 24 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.

    
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar