01 dek 14:18
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgarishi kutilmoqda
Xabaringiz bor, 11 dekabr kuni bokschimiz SHohjahon Ergashev Toshkentda jang o'tkazadi.
O'sha kuni unga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Princ Dlomo raqiblik qilishi malum qilingandi. Biroq, bugun O'zbekiston Respublikasi maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra, 3 dekabrdan 10 yanvarga qadar Janubiy Afrika Respublikasidan keladigan yo'lovchilar, so'nggi 14 kun davomida ushbu mamlakatda bo'lganlar O'zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmasligi malum qilindi.
Olamsport.com sayti muhbiri ushbu masala yuzasidan O'zbekiston professional boks federaciyasi masuliga murojaat qildi. Manbaga ko'ra, Princ Dlomo Toshkentga kelmaydi. 11 dekabr kuni SHohjahon katta ehtimol bilan boshqa raqibga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar