So’nggi yangiliklar

09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0

17 iyu 15:51
Yangiliklar

Taekvondo, Osiyo o'yinlari

SHohsupa sari yo'l. Nigora Tursunqulova sportga kirib kelishi, kumiri va boshqalar haqida

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasi Matbuot va media departamenti tomonidan Osiyo o'yinlariga bag'ishlangan SHohsupa sari yo'l loyihasi ishga tushirilgan.

Unda qitaning nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar bilan qisqa intervyular tashkil qilinadi. Bungacha loyihada Nadiya Dusanova, Isroil Madrimov kabi sportchilar ishtirok etishdi.

Bugungi mehmonimiz esa taekvondo WTF bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Nigora Tursunqulova bo'ladi.

Nima uchun taekvondo?

Akalarim sportning ushbu turi bilan shug'ullanishardi. Men esa dadam bilan birga ularni to'garakdan olish uchun sport zaliga borardim. Kunlardan bir kuni akam menga ham taekvondo bilan shug'ullanishni taklif qildilar. Men ham qiziqib bordim va bu menga juda yoqdi. SHu tariqa taekvondo bilan shug'ullanishni boshlab yuborganman.


Vaznimni kamaytirishim shart emas

Hamma bilan bir hil ovqatlarni istemol qilaman. Yog'li taomlarni kamroq eyishga harakat qilaman. Ovqatlanish borasida menda qatiy meyorlar yo'q. Bazi sportchilarga o'xshab, vaznimni kamaytirishim shart emas. SHuning uchun, ovqatlanish borasida menda muammo yo'q. Sevimli ovqatim? Onamlar tayyorlaydigan uyg'urcha mantini yaxshi ko'raman.

Kumiri

Nikita Rafalovich. U doimo o'z maslahatlari bilan bizga yordam beradi. Atrofdagilarni qo'llab-quvvatlashga tayyor. Juda mehnatkash va o'z ustida tinmay ishlaydi. U nafaqat yaxshi sportchi, balki hayotda ham juda yaxshi inson. Unga doimo havas qilaman.

CHempion bo'lish siri

Omad bu borada muhim rol tutadi. Buni esa Xudodan so'rash lozim. Va albatta qattiq mehnat qilish talab etiladi. O'z ustingda tinmay ishlash, qiyin paytlarda mashaqqatlarga bardosh berish kerak bo'ladi. SHuningdek, murabbiy ko'rsatmalarini mukammal bajarish kerak. Fursatdan foydalanib, 10 yoshimdan buyon menga ustozlik qilib kelayotgan Dmitriy Konstantinovich Xvanga minnatdorchilik bildiraman. U insonsiz bugungi darajaga etib kela olmasdim.



Osiyo o'yinlari oldidan

Osiyo o'yinlarida ilk marotaba ishtirok etaman. SHuning uchun, juda hayajondaman. Oldimda qanday masuliyat turganini his qilib turibman. Bu sport. Ushbu nufuzli musobaqaga qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz. Xudo xohlasa Jakartadan yorug' yuz bilan qaytamiz.

Erishgan yutuqlari:

-Osiyo chempioni

-IV “Islom birdamlik o'yinlari” bronza medali sohibasi

-Prezident kubogida kumush medal egasi

-Korea Open, Turkish Open, Qatar Open, Fujairah Open kabi nufuzli musobaqalar sovrindori.


Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
17 iyu 18:52:56
Xushnudbek
Tursunqulovadan Osiyo o'yinlarida faqat oltin medal kutamiz. Omad
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing