24 sen 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon O'Melli Oq uyda jang qilish uchun o'z shartlarini aytdi
Eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni SHon O'Melli malum holatlar yuzaga kelsa, Oq uyda jang o'tkazishi mumkinligini aytdi.
U Kori Sendxagen Merab Dvalishvilini mag'lub etgan taqdirda aynan shu turnirda kamar uchun bahs olib borish niyatida.
"Men ham o'sha kardda bo'lishni istardim. Agar Kori Merabni mag'lub etsa va men keyingi raqibimni yutsam, jang qilishimiz mumkin. Lekin qanday bo'lmasin, men keyingi to'rt yoki besh oy ichida jang qilishni xohlayman", dedi O'Melli.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar