11 iyu 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon O'Melli Umar Nurmagomedov bilan jang qilishi mumkin
Bu haqda UFC afsonalaridan biri, ekspert Daniel Korme xabar berdi.
"SHon chempionga ikki marta mag'lub bo'ldi. Agar u biror narsani o'zgartirmasa, yaqin orada yana titul jangini olishi juda qiyin bo'ladi. SHon O'Melli Umar Nurmagomedov bilan to'qnash kelishi imkoniyati bor. CHo'qqiga qaytish yo'li SHon uchun oson bo'lmaydi", dedi Korme.
Sobiq chempion SHon O'Melli so'nggi jangini 8 iyun kuni UFC 316 turniri doirasida amaldagi chempion Merab Dvalishviliga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar