23 iyu 13:19
Yangiliklar
SHon OʼMelli yana bir bor Petr Yanga qarshi jang haqida gapirdi
OʻMelli va Yan o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni UFC 280 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Yan hozir birinchi raqamli davogar. U birinchi jangda Sterlingni mag'lub etdi, revanshda esa g'alaba qozonib, chempion bo'lishi mumkin edi. Bu yigitga qarshi kurashish men uchun haqiqiy motivaciya. Ayni damda bu diviziondagi asosiy qarama-qarshilik. Bu Ti Jey Dillashou va Aljameyn Sterling jangidan ko'ra qiziqroq bo'ladi", — dedi OʼMelli.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan so'nggi bor 10 aprel kuni Aljemeyn Sterlingga mag'lub bo'lgan. SHon esa oxirgi bor 3 iyul kuni Pedro Munozga qarshi jang qilgan edi. OʼMelli ikkinchi raundda raqibining ko'ziga qo'lini tiqib olgandi. SHundan so'ng, bahs o'tkazilmagan deb topilgan edi.
Fikrlar