So’nggi yangiliklar

11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0

09 apr 12:06
Yangiliklar

Dzyudo, Og'ir atletika, Eshkak eshish, Bolalar sporti

SHonli g'alabalar davom etadi. Ko'zguda Navoiy OPSTTM!

Ish faoliyatim davomida ko'plab sportchilar, yosh sportsevarlar bilan hamsuhbat bo'lganman.

Qalbi g'ayrat-shijoatga, olam-olam orzularga limmo-lim yoshlardan kelajak rejalari haqida so'raganimda aksariyati Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiada bahslarida qatnashish, bu nufuzli bahslarda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarish niyatida ekanini aytishgan. 

Kimgadir bu balandparvoz gapdek tuyulishi mumkin, biroq o'z ustida astoydil ishlagan, mashg'ulot va musobaqalarning mashaqqatlariga chidagan sportchi bu orzusiga albatta etadi. Bundan tashqari, erishilajak yuksak natijalar ortida murabbiylar mahorati, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarning ham muhim o'rni bor.

Yana shuni alohida takidlash joizki, har to'rt yilda bir bor o'tadigan yozgi Olimpiada hamda Paralimpiya o'yinlari sayyoramizning eng nufuzli musobaqalari sirasiga kiradi. To'rt yillikning oliy musobaqalariga munosib sportchilar tayyorlash, yoshlarni chempionlik sari etaklashda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o'rni beqiyos.

Biz bugun so'z yuritmoqchi bo'lganimiz — Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (direktori Beknazar Qurbonov)ning ham bu borada Respublikada o'z o'rni bor. 

Osiyo o'yinlari, hatto Rio-2016 Olimpiadasida munosib ishtirok etgan badiiy gimnastikachi Zarina Qurbonova, og'ir atletikamiz malikalari Kumushxon Fayzullaeva hamda Dolera Davronova, para engil atletikachi Elbek Sultonov, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempioni, Xanchjou-2022 qita o'yinlari bronza medali sovrindori SHahrizoda Mavlonova kabi sportchilarning ko'plab yoshlarning “kumiri”ga aylangani rost.Ularga havas qilib, sportni tanlayotgan, mashqlar mashaqqatidan rohat olayotgan navoiyliklar bisyor.

Ayniqsa, so'nggi yillarda talim maskanidagi sharoitlar tubdan yaxshilandi. Jumladan, 555 o'ringa mo'ljallangan o'quv binosi, 15 236 dona kitob fondiga ega kutubxona, “Ziyonet” internet tarmog'i, 400 o'rinli oshxona va yotoqxona, sakkizta sport turiga mo'ljallangan 12x24 o'lchamli sport zali yosh sportchilar xizmatida. SHuningdek, 24x24 o'lchamdagi zamonaviy sport zali hamda 40x15 kattalikdagi arena, stadion doimo o'g'il-qizlar bilan gavjum.

Hozirgi kunda markazda sportning 20 ta turidan 450 nafarga yaqin o'quvchi tahsil olayotir. SHundan 112 nafari qizlar. Sport maskani murabbiylarining salohiyati ham yuqori. Bunda 65 trenerning 35 nafari oliy, 23 nafari birinchi toifali ekani so'zimiz isboti.

2023 yil davomida markazning o'quvchi-sportchilari O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida 92 ta oltin, 125 ta kumush, 139 ta bronza, jami 356 ta medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, qita miqyosidagi musobaqalarda 3 ta oltin, 13 ta kumush hamda 2 ta bronza medali sohibiga aylanishdi.  

Bundan tashqari, jahon chempionati va MDH o'yinlarida qo'lga kiritilgan medallar shodasi bor. Jumladan, 2023 yil 4-18 avgust kunlari Belarus davlatida bo'lib o'tgan II MDH o'yinlarida dzyudochi, 11-sinf o'quvchisi Mirjalol Botirov -66 kg vazn toifasida 3-o'rinni egalladi. Xuddi shunday natijaga markaz bitiruvchisi O'tkir Hoshimov kamondan otish bo'yicha musobaqada erishdi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionatida SHahrizoda Mavlonova yakkalik hamda juftlik bahslarida 3 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan ishqibozlarni xushnud etdi. Toshkent shahrida o'tgan engil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida Sabrina G'oyibnazarova bronza medaliga sazovor bo'ldi.

SHuningdek, Iordaniyaning Oman shahri mezbonlik qilgan erkin kurash bo'yicha qita chempionatida Munisa Mingyasharova 54 kg vazn toifasida faxrli 2-o'rindan joy olib, kumush medal egasiga aylandi. Yana bir polvon qiz, Gulirano Suvonqulova poytaxtimizda tashkil etilgan dzyudo bo'yicha Osiyo kubogida kumush medalni o'ziniki qildi.

Navoiylik voleybolchilarning ham shiddati yuqori. Masalan,Toshkent shahrida kechgan voleybol bo'yicha 16 yoshgacha bo'lgan o'smir yigitlar o'rtasida Osiyo chempionati musobaqasida respublika terma jamoasi tarkibida markazining to'rt nafar o'quvchisi — Elbek Safarov, G'olibjon Mustafoev, Og'abek Haydarov, Nodirjon Alekseev munosib ishtirok etib, kumush medal hamda Jahon chempionatida ishtirok etish huquqiga muyassar bo'lishdi.

Qozog'istonning Almati shahrida o'tgan boks bo'yicha Osiyo chempionatida  markaz o'quvchilari Zuhro Rustamova hamda Robiya Ravshanova kumush medalga ega chiqishdi. SHu tariqa o'tgan yili 355 nafar razryadli (300 nafar sport ustaligiga nomzod, qolgani 1,2,3-darajali sportchi) hamda 18 nafar unvonli (2 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi va 16 nafar sport ustasi) tayyorlandi.

2024 yilda ham markazning 100 nafar o'quvchisi O'zbekiston terma jamoalarining asosiy, 73 nafari esa zaxira tarkibida turli xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Savol tug'iladi: bu muvaffaqiyatlarning siri nimada? Eng avvalo, markazda har bir sport turi bo'yicha respublika federaciyalari hamda terma jamoalar murabbiylari bilan mustahkam va ishchan aloqalar yo'lga qo'yilgan. Masalan, og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Nurillo Tog'aev sport markaziga kelib, sportchilar uchun “master-klass”, yani mahorat saboqlari o'tdi.

SHuningdek, tadbir doirasida nufuzli sport musobaqalari va 2025 yil Toshkent shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga sportchi yoshlarni muvafaqiyatli tayyorlash yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.

SHuningdek, erkin kurash bo'yicha Qirg'iz Respublikasida mazkur davlat sportchilari bilan hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etildi. Issiqko'l shahridagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida murabbiylar Nodirbek Komilov, Tuymurod Adizov va 15 nafar sportchi o'quvchi ishtirok etdi.

Ayni paytda joriy yilgi musobaqalarda ham o'tgan yilgidan-da sermahsul ishtirok etish uchun sportchilarning o'quv-mashg'ulotlarini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, jarayonlarga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha ish olib borilmoqda. 2025 yilda o'smirlar o'rtasida IV yozgi Osiyo o'yinlari tashkil etiladi. 

Umid qilamizki, Kumushxon Fayzullaeva, Dolera Davronovaning o'smirlar Olimpiadasi, jahon chempionatlaridagi shonli g'alabalari, qo'lga kiritgan shoda-shoda oltin medallari navoiylik yosh sportchilar tomonidangaldagi nufuzli turnirlarda davom ettiriladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing