25 iyu 10:42
Yangiliklar
Karate
SHuhrat Tursunov Osiyo karate federaciyasining yangi rahbari bilan uchrashdi
O'zbekiston karate milliy federaciyasi vice-prezidenti SHuhrat Tursunov Osiyo karate WKF federaciyasi prezidenti general Nosir Abdulrazzoq bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda poytaximiz mezbonligida o'tgan kattalar o'rtasidagi 16-Osiyo chempionatining yakunlari, O'zbekiston va Osiyo karate federaciyalari o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish kabi masalalarda suhbat bordi.
O'zaro muloqot so'nggida SHuhrat Tursunov aynan Toshkentdagi Osiyo chempionati doirasida qita karate federaciyasining yangi prezidenti etib saylangan Nosir Abdulrazzoqqa esdalik sovg'asi topshirdi. Kecha faxriy mehmon poytaxtimizga uyushtirilgan bir haftalik tashrifni yakunlab, o'z yurtiga jo'nab ketdi.
O'zbekiston karate Milliy federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar