13 fev 14:23
Yangiliklar
Gimnastika
SHunchaki qoyil qolmaslikni iloji yo'q! 48 yoshli Oksana CHusovitina to'qqizinchi Olimpiadasi sari harakatni boshladi
Sport gimnastikasi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun ham masuliyatli mavsum boshlanmoqda.
15-18 fevral kunlari Misr poytaxti mazkur sport turi bo'yicha Jahon kubogining birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.
Bugun ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz Qohiraga yo'l oldi. Qayd etish joiz, 20 aprelga qadar davom etadigan 4 bosqich yakuniga ko'ra, o'z yo'nalishlarida tengsiz bo'lgan 2 nafardan atlet Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritadi. SHu tariqa, unda Oksana CHusovitina o'zining to'qqizinchi Olimpiadasiga licenziya olish uchun kurash olib boradi. Terma jamoamiz quyidagi tarkibda Misrga jo'nab ketdi:
Erkaklar:
Rasuljon Abdurahimov
Abdulaziz Mirvaliev
Humoyun Islomov
Ayollar:
Oksana CHusovitina
Dildora Aripova
Odinaxon Robijonova
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar