16 dek 11:34
Yangiliklar
Sinner va Fis ATP tomonidan taqdirlandi
2023 yilda Sinner faoliyatida ilk marta "Masters" bosh sovrini va yana 3 ta titulni qo'lga kiritgan bo'lsa, Yakuniy turnirning finaligacha etib bordi. Italiya terma jamoasi bilan birgalikda Devis Kubogi bosh sovriniga ham ega chiqdi.
"Uimbldon"da u ilk bor yarim finalga etib bordi. 22 yoshli italiyalik shu orqali Top-5da debyut qildi va mavsumni 4-o'rinda yakunladi. Bunga qadar uning murabbiylari - Darren Keyxill va Simone Vanocci yilning eng yaxshi murabbiylari deb topilgandi.
Artur Fis esa "Yil o'sishi" nominaciyasi g'olibi bo'ldi. U 2023 yilni 251-reytingda boshlab, 36-o'rinda yakinladi. 19 yoshli franciyalik tennischi Lionda ilk titulini qo'lga kiritdi va yoshlar o'rtasidagi Yakuniy turnirning finaliga qadar etib bora oldi.
Fikrlar