27 iyu 11:37
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Sinxron suzuvchilarimiz Osiyo chempionatini 16 medal bilan yakunlashdi
Tailandda o'tkazilgan yosh toifalari o'rtasidagi suv sporti turlari bo'yicha Osiyo chempionatining so'nggi bahs kunida O'zbekiston sinxron suzish terma jamoasi yana 3 ta kumush medalni qo'lga kiritib, musobaqadagi ishtirokini munosib yakunladi.
Yakuniy bahslarda vakillarimiz “A” va “C” guruhlari erkin dastur jamoaviy yo'nalishlarida hamda “A” guruhi akrobatik jamoaviy dasturida kumush medallarga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston sinxron suzish terma jamoasi qita birinchiligini jami 16 ta medal - 3 ta oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medal bilan yakunladi.

Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar