10 mar 14:40
Yangiliklar
Eshkak eshish
Slalomda eshkak eshuvchilarimiz Tailanddagi ikkita turnirda 13 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO
Tailandning Pattayya shahrida 2-8 mart kunlari slalomda eshkak eshish bo'yicha ICF World Ranking - Xalqaro reyting turniri, shuningdek, U18, U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Ushbu nufuzli musobaqalarda 6 nafar sportchimiz (Samandar Saydullaev, Ibragim Nosirjonov, SHerzod Qurbonaliev, Asilbek Ernazarov, Mustafo Matiboev, Daniyar Islamov) klassik slalom, short slalom, yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlardagi kanoe va baydarka slalomida, kayak kross yo'nalishlarida ishtirok etishdi.
Terma jamoamiz azolari joriy yildagi ikki musobaqani 5 ta oltin, 4 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.







Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar