14 iyu 11:41
Yangiliklar
Sobiq chempion: "Entoni g'alaba qozonishga tayyor emas"
"Joshua g'alaba qozonish haqida o'ylamagan edi. U bu jangda g'alaba qozonishga tayyor emas edi. Entoni menga 12 raundni qanday o'tkazish haqida o'ylayotganini aytgandi. Joshua g'alaba qozonish haqida emas, faqatgina masofani nazorat qilish haqida o'ylagan. Endi u g'alaba qozonishni o'ylayapti. Bu eng muhimi. U o'z jamoasiga ishonch bildirishi kerak" — dedi Garsiya.
SHu bilan birga Robert Garsiya britaniyalik bokschining mashg'ulotlar jarayoni haqida gapirdi.
"Endi Joshuaning yaxshi tomonga o'zgarganini ko'ryapmiz. Oldimizda hali besh haftalik mashaqqatli mashg'ulotlar kutib turibdi. U tobora yaxshi tomonga o'zgarishda davom etmoqda. Jang qilish vaqti kelganida Entoni tayyor bo'ladi. Anxel Fernandes va men uning ringda tajovuzkor boks namoyish etishini istaymiz. SHunda u har qanday raqibni mag'lub qila oladi. Joshua buni bajarmoqda va bundan juda xursandman", - deya qo'shimcha qildi Robert Garsiya.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Jidda shahridagi "Super Dome" arenada bo'lib o'tadi.
Fikrlar