09 okt 18:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni doping haqida: "Konor toza"
Supero'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Naydjel Benn o'g'li Konor Benning doping-testida ijobiy natija ko'rsatgani haqida gapirdi.
"Konor mashg'ulotlarda juda intizomli. Biz barchasini hal qilish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Men o'g'limni yaxshi ko'raman va u oson yo'l izlayotganlardan emasligini bilaman.
Biz sizni hammasidan xabardor qilib turamiz. Qaror qabul qilganimizda sizga xabar beramiz. Lekin, takror aytaman: Konor hammadan ko'ra ko'proq mashg'ulotlarga o'zini bag'ishlangan va u toza sportchi. Tez orada yana ko'rishguncha. Salomat bo'ling!" - dedi Benn.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar