27 okt 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq jahon chempioni Murat Gassiev nokautli g'alaba bilan qaytdi
Armaniston poytaxti Erevan shahrida "IBA CHempionlar oqshomi" professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, rossiyalik Murat Gassiev daniyalik Kem Yungkvistga qarshi ringga ko'tarildi. Superog'ir vazn toifasida tashkil etilgan 10 raundlik jang muddatidan avval yakunlandi.
Jangning beshinchi raundida Gassiev Yungkvistning bosh, tana va jigar qismiga kuchli hamda aniq zarbalar seriyasini yo'llab, raqibini nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar