24 avg 08:08
Yangiliklar

Sobiq jahon chempioni Murat Gassiev qaytdi
"Mikkosuki Indian Geyming Rezort" arenada o'tgan oqshom doirasida birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murat Gassiev amerikalik Jeremi Miltonga qarshi ringga ko'tarildi. Jang muddatidan avval yakunlandi. Oltinchi raunddan keyin Milton jangni davom ettira olmasligini malum qildi.
Malumot uchun, Murat Gassiev oxirgi jangini 2024 yilning oktyabr oyida Armanistonning Erevan shahrida o'tkazgan edi. O'shanda kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan Gassiev daniyalik Kem Yungkvistni "IBA CHempionlar oqshomi"da mag'lubiyatga uchratgandi. Murat Gassiev birinchi og'ir vaznda WBA va IBF chempioni bo'lgan. 2020 yildan og'ir vaznda o'z janglarini o'tkazib kelyapti. SHu vaqt oralig'ida 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi. Milton esa ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 11 ta g'alaba bor. Gassievning g'alabalari 32 taga etdi. Mag'lubiyatlari ikkitaligicha qoldi.
Fikrlar