22 noy 09:07
Yangiliklar
Tennis
Sobiq tennischi 31 yoshida ota bo'ldi + FOTO
To'rt oy oldin US Open'dagi ishtirokidan keyin tennisdagi faoliyatini yakunlagan Jek Sok hamda uning rafiqasi Laura ilk marotaba farzandli, yani ota-ona bo'lishdi.
Tug'ilgan o'g'il chaqaloqqa Brodi Brayan ismi qo'yildi.
"Hayotimdagi eng yaxshi kun", - deb yozadi 31 yoshli Jek Sok Instagram sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, amerikalik tennischi faoliyati davomida 4 ta ATP sovrinini qo'lga kiritgan. Uning reytingdagi eng yuqori natijasi 8-o'rin bo'lgan.
Havola :
Manba : instagram.com/jack.sock/
Fikrlar