08 jan 10:26
Yangiliklar
Sobiq UFC chempioni Aleksa Grasso qaytmoqda. Uni 7 g'alabali seriya bilan kelayotgan raqib kutmoqda!
Argentinalik aralash yakkakurash ustasi 28 mart kuni oktagonga qaytadi. Aleksa shu kuni AQSHning Sietl shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 271 turnirida amerikalik Meysi Barberga qarshi jang o'tkazadi.
Aleksa Grasso ikki mag'lubiyatli seriya bilan bu jangga kelmoqda. 2024 yilning sentyabr oyida Valentina SHevchenko bilan chempionlik trilogiyasining so'nggi jangida chempionlik kamarini yo'qotgan Grasso o'tgan yilning mayida hakamlarning yakdil qarori bilan braziliyalik Nataliya Silva imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Aslida Aleksa 24 yanvar kuni yana bir sobiq chempion Rouz Namayunasga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo meksikalik jarohat olib, bu jang bekor bo'lgandi.
Taqqoslash uchun, Meysi Barber ketma-ket ettita g'alabaga erishdi. So'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Karin Silvaga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori evaziga zafar quchdi. Ayni paytda Grasso va Barber UFC’ning ayollar o'rtasidagi eng engil divizioni reytingida mos ravishda uchinchi va beshinchi o'rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar