23 apr 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC chempioni o'limidan so'ng miyasidan tadqiqot uchun foydalanilishiga rozi ekanligini malum qildi
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frenk SHemrok o'limidan so'ng miyasini encefalopatiyani o'rganish uchun xayriya qilmoqchi ekanligini aytdi.
"Men olamdan o'tganimdan so'ng miyamni Concussion Legacy Foundation fondiga qoldirmoqchiman. Miya chayqalishining oqibatlarini shaxsan o'zim boshdan kechirdim va uni himoya qilish uchun o'z vaqtida choralar ko'rish qanchalik muhimligini bilaman. Umid qilamanki, miyamni xayriya qilish orqali tadqiqotga va miya chayqalishidan aziyat chekayotgan boshqa sportchilarning hayotini yaxshilashga hissa qo'shaman", - deb yozadi SHemrok ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Frenk SHemrok yarim engil vazn toifasida birinchi UFC chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar