01 jan 09:07
Yangiliklar
Sobiq UFC chempionini 65 soniyada bo'g'ib qo'yishdi
FURY Pro Grappling 6 turniri doirasida birinchi engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rouz Namayunas divizion vakilasi Jillian Robertsonga qarshi jang olib bordi. O'n daqiqaga mo'ljallangan jang 65-soniyada to'xtatildi.
Kanadalik aralash yakkakurash ustasi amerikalik nomdor raqibasini bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratib, unga greppingning kuchini ko'rsatib qo'ydi. 27 yoshli Jillian Robertson ham 2017 yildan beri UFC turnirlarida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Uning hisobida 13 ta jangdan 8 g'alaba, 5 mag'lubiyat bor. Robertson so'nggi jangini 2022 yilning sentyabr oyida rossiyalik Mariya Agapovaga qarshi o'tkazib, raqibasini xuddi kechagidek ortdan bo'g'ish usuli evaziga taslim etgandi.
30 yoshli Rouz Namayunas esa 2022 yilning may oyida UFC chempionlik kamarini boy bergandi. Besh raund to'liq davom etgan jangda u Karla Esparzaga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygan edi. Karlaga qarshi kechgan janggacha Namayunas 3 g'alabali seriya bilan kelayotgandi.
Fikrlar