02 dek 10:36
Yangiliklar

Sobiq UFC chempionining raqibi va jang sanasi malum
Yan 2022 yilning 26 mart kuni tashkil etiladigan UFC Fight Night 26 turniri doirasida avstriyalik Aleksandr Rakichga qarshi oktagonga ko'tariladi. Aynan ushbu to'qnashuv UFC Fight Night oqshomining markaziy jangi bo'ladi.
Malumot uchun, Blaxovich UFC 267 turnirida Glover Teysheyraga imkoniyat bilan birga kamarini ham boy berib qo'ygandi. Jangning ikkinchi raundida Teysheyra raqibini bo'g'ib qo'ygan edi. Ungacha 38 yoshli Blaxovich ketma-ket 5 ta jangda g'alaba qozongandi. Xususan, UFC chempioni Israel Adesanyani ham mag'lubiyatga uchratgandi.
Aleksandr Rakich esa oxirgi ikkita jangida kamar uchun sobiq davogarlar Entoni Smit va Tyago Santosdan ustun kelgan edi. Avstriyalik jangchi hisobida faqat bitta mag'lubiyat bor.
Fikrlar