28 mar 10:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq UFC malikasi Liana Jojua Karate Combat turnirida jang qildi (VIDEO)
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC va Karate Combat promoushenlarining qo'shma turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida gruziyalik sobiq UFC jangchisi Liana Jojua rossiyalik Diana Pogosyanga qarshi bahs olib bordi. Oraliq vazn (64 kg) toifasida tashkil etilgan uch raundlik jangda Pogosyan nomdor raqibasini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
2024 yilda faoliyatini boshlagan Diana g'alabali seriyasini to'rtta jangga etkazdi. Hali professional darajada mag'lub bo'lmagan. U shu kungacha Hardcore FC ligasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgandi. 24 yashar Pogosyan Karate Combat promoushenida muvaffaqiyatli debyut qildi. 30 yoshli Jojua esa faoliyatidagi ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni sakkiztaligicha qoldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar