24 jan 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC va Bellator jangchisini o'ldirib ketishdi
Braziliyaning Gaucha ZH nashri xabariga ko'ra sobiq UFC va Bellator promoushenlari jangchisi Maykel Falkao Pelotase shahrida o'ldirib ketilgan.
Yakkakurash ustasi shahardagi bar, yani qovoqxona yonida pichoqlab ketilgan. Voqea tungi soat uch atrofida ro'y bergan. Falkaoni shifoxonaga olib borishgan, lekin uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo'lmagan.
Malumot uchun, Maykel Falkao UFC tashkilotida bitta jang o'tkazgandi. U Jerald Xarrisni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Uning MMAdagi rekordi 26-3 ko'rinishida edi.
Falkao Bellator promoushenida muvafaqiyatli ishtirok etgan. U o'rta vazn toifasidagi ketma-ket g'alabalaridan Aleksandr SHlemenkoga qarshi chempionlik jangida oktagonga ko'tarilgan, ammo nokaut bilan yutqazgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar