22 dek 12:59
Yangiliklar
Tennis
Sobolenko/Dimitrov juftligi matchboldan chiqib ketdi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir o'tkazilyapti.
Belaruslik Arina Sobolenko bolgariyalik Grigor Dimitrov bilan juftlikda irodali o'yin namoyish etishdi. Ular kanadalik Byanka Andreesku va hindistonlik Roxan Bopannaga qarshi uchrashuvda nafaqat matchboldan chiqib ketishdi, balki yakunda 2/6, 7/6(4), tay-brekda 10:7 hisoblarida g'alaba qozonishdi.
World Tennis League turniri doirasidagi ushbu uchrashuv 94 daqiqa davom etgan. Sobolenko/Dimitrov hamkorligi 3 ta, Andreesku/Bopanna juftligi 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar