24 noy 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Sofian O'mia Abdumalik Xalakov haqida gapirdi
Franciyalik Sofian O'mia jahon chempionatidagi final jangi haqida fikr bildirdi.
Serbiyadagi jahon birinchiligida ikkinchi bor chempionligini qo'lga kiritgan francuz Sofian O'mia hamyurtimiz Abdumalik Xalakov bilan kechgan final jangi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jahon chempionatida ikkinchi bor chempionlik shohsupasiga ko'tarilganim yoqimli holat. Xalakov bilan jang haqiqiy final edi va men hozir Sobiq Ittifoq bokschilari bo'yicha mutaxassisman deb o'ylayman. Ularga qarshi kurashish bo'yicha yaxshigina tajribaga egaman. Abdumalik Xalakov ajoyib bokschi, u Sofian O'mia bo'lishga harakat qildi. Ammo mening uslubim faqat menga qulay. Bu haqiqiy final jangi bo'ldi va menga juda yoqdi», - dedi Sofian.
Havola :
Manba : aiba.com
Fikrlar