13 jan 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

"Sog' joyi qolmagan". Qozog'istondagi tarkibsizliklarda qo'lga olingan MMA janchisi og'ir ahvolda ozodlikka chiqarildi
Yakkakurash ustasi o'z yurtidagi norozilik namoyishlarida qatnashgan edi.
33 yoshli jangchi Kaut Xamitov Qozog'istondagi tartibsizliklar paytida harbiylar tomonidan qo'lga olingandi.
Hozirga kelib sportchi ozodlikka chiqarilgan. Ammo, uning ahvoli havas qiladigan darajada emas. Bu haqida sportchining onasi gapirib berdi.
"Uni kaltaklashgan. Sog' joyi qolmagan. U hech narsani eslolmayapti: "Ona meni qachon uyga olib kelishdi? Men qaerdan kelib qoldim?", - deya savol bermoqda. Uni shifoxonaga yotqizishga to'g'ri kelyapti", - deydi jangchining onasi.
Eslatib o'tamiz, Qozog'istondagi norozilik namoyishlari sabab mamlakat 19 yanvargacha favqulotda holat elon qilingan.
Havola :
Manba : БАСЕ
Fikrlar