So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

19 mar 18:16
Yangiliklar

Engil atletika

Sog'liqni saqlash vaziri marafonda ishtirok etdi

Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida o'tgan marafonda sog'liqni saqlash vaziri Alisher SHodmonov boshchiligida vazirlik markaziy apparati xodimlari, tizimdagi muassasalar rahbarlari, oliy tibbiyot o'quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti malumotiga ko'ra, inson salomatligi 55 foiz holatda sog'lom turmush tarziga, 20 foizi ekologik muhitga, 15 foizi irsiy omillar va bor-yo'g'i 10 foizi tibbiyotga bog'liq ekan. Demak, uzoq umr ko'rish uchun sog'lom turmush tarziga rioya etish kerak.

– Hozirgi urbanizaciya davrida kamharakatlilik butun dunyoning o'tkir muammosiga aylanmoqda. Holsizlik, uyquning buzilishi, diqqat-etiborni jamlashning sekinlashishi, xotiraning pasayishi, sababsiz charchash, semizlik – bu belgilar ko'pchilikda uchraydi. Lekin kamdan-kam odam uni o'ylaydi, – deydi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. – Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti malumotiga ko'ra, chekishdan yiliga 5 milliondan ziyod, kamharakatlilikdan esa qariyb 5,3 million odam hayotdan ko'z yumadi. Sog'liqni saqlash vazirligi fuqarolarni faol harakatga chaqirib, piyoda yurish marafonini tashkil qildi. Bunday tadbirlar bir martalik emas, balki doimiy o'tkaziladi.

Etiborli jihati, piyoda yurish barcha jismoniy mashq turlari orasida eng qulayidir. Buning uchun juda ko'p energiya sarflashning hojati yo'q, ijobiy tasiri esa juda yuqori. Yurish organizmning umumiy holatiga tasir ko'rsatadi, mushaklarni baquvvat qiladi, suyak to'qimasini mustahkamlaydi, harakatlarni muvofiqlashtirishni rivojlantiradi. Jismoniy faoliyatning bunday turi eng xavfsiz bo'lib, uni har bir kishi – o'smirdan keksagacha bemalol bajarishga qodir.

Mutaxassislarning malum qilishicha, haftasiga atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o'lim holatlarini 28 foiz, yurak kasalliklari ehtimolini esa 20 foiz kamaytirar ekan. Jismoniy faollik organizmda biosintez jarayonini faollashtiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing