05 dek 13:20
Yangiliklar

Sonders o'zini pichoqbozlikda ayblashganiga javob qaytardi
O'rta vaznda sobiq WBO chempioni Billi Jo Sonders o'zining Instagram sahifasida uni pichoq bilan zarar etkazishga uringani borasidagi malumotlar yuzasidan fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyi oxirlarida internetda Billi Jo Sonders uch nafar yosh yigitlar bilan janjallashgani haqida materiallar paydo bo'lgandi. Yigitlarning otasining so'zlariga ko'ra, bokschi janjal payti pichoq chiqarib yigitlardan birining qo'liga shikast etkazgan. SHundan so'ng, boshqa bir yigitning peshonasiga to'pponcha tiragan.
"Men tarmoqlarda aylanib yurgan video haqida bilaman. Ushbu narsa menga katta ayblovlar qo'ymoqda. Ammo, bularning bari quruq safsata.
Biroq, bu ishga qaysidir manoda policiya aralashishi ham mumkin. Advokatim bu voqeaga hech qanday izoh bermasligimni maslahat berdi. Agar policiya men bilan bog'lanadigan bo'lsa, bundan juda baxtli bo'lardim", - deb yozadi bokschi.
Fikrlar