12 okt 16:39
Yangiliklar
Sonders WBO kamaridan voz kechdi, u tashkilotni sudga beradi
Aslida britaniyalik bokschi chempionlik kamarini Demetrius Andreyddan himoya qilishi kerak edi. Lekin chempionning qon tarkibida oksilofrin stimulyatori aniqlangani bois, jang bekor qilingandi.
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) hamda Britaniya antidoping agentligi (UKADA) qoidalariga ko'ra ushbu preparatga faqat musobaqa o'tkazilayotgan paytda taqiq qo'yilgan. Massachusets shtati Sport komissiyasi esa Sondersga AQSHda jang o'tkazish huquqini beruvchi boks licenziyasini taqdim etmadi.
Xullas yuzaga kelgan hozirgi holatda Sonders va uning jamoasi agentliklar bilan sudlashmoqchi. Vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun esa 20 oktyabr kuni WBO reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Demetrius Andreyd hamda ikkinchi pog'onadan joy olgan Uolter Kautondokva o'rtasida jang o'tkaziladi.
Fikrlar