02 noy 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Sonnen Genri Sexudo va Xabib Nurmagomedovni taqqosladi
UFC chempionlik kamariga sobiq uch karra davogar, hozirda ekspert va tahlilchi sifatida ishlayotgan amerikalik CHeyl Sonnen ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoning engil vazn toifasida sobiq chempion Xabib Nurmagomedov haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
"Sexudoni Xabibdan ustun qo'ysam bo'ladimi? Faqatgina Sexudo o'zini turli vazn toifalarida sinab ko'rgan degan fikrga asoslansagina. Lekin bu etarli emas. Men rekordga, rezyumega, chempionlik janglariga qarashga majburman. Ha, Genrining faoliyati ajoyib, ammo Xabib mag'lub bo'lmagan. Yutqazmagan jangchiga kimnidir qarshi qo'yish qiyin", - deya Sonnening so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Avvalroq Genri Sexudo tarixdagi eng yaxshi jangchilar reytingida o'zini Xabib Nurmagomedovdan yuqori qo'ygandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar