18 iyu 14:30
Yangiliklar
![](/upload/storage/227202_220.jpg)
Sonnen: "UFC Usmanning yarimog'ir vaznga o'tishiga yo'l qo'ymaydi"
"Bu katta muammo, Usman buni tushunadi. Uayt unga bu ishni amalga oshirishi uchun ruxsat bermaydi. Danadan nimani so'rayotganingizga ahamiyat bering. Siz undan P4P qirolini yarimog'ir vazn chempioniga qarshi qo'yishini istayapsiz. Kamaru chempionni mag'lub etsa, shunchaki ketadi.
U bu haqda avval ham aytgan. Usman yarimog'ir vaznga o'tib, kamarni yutib, keyin ketishini aytgan. Ammo keyin yarimog'ir vazn vayron bo'ladi. Yarimo'rta vazndagi chempionliging ham olib qo'yiladi. Agar Proxazka Usmanni mag'lub etsa, bu yarimo'rta vaznni tark etgani tufayli, deb o'ylaysizmi siz ham?", - deya Sonnenning so'zlarini keltiradi BJ Penn nashri.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman so'nggi bor o'tgan yil 7 noyabr kuni Kolbi Kovingtonga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Usman faoliyati borasida jiddiy bayonot bilan chiqgan edi.
Fikrlar