13 noy 15:53
Yangiliklar

"So'z jangi" davom etadi. Toni Xabib haqida keskin fikr bildirdi va tezda javob oldi...
"Hoy semiz! Meni yaxshilab eshit. Men seni so'nggi bor ko'rganimda bizning chempionlik jangimizdan qo'rqib, boshqa mamlakatga qochib ketgan eding. Bundan avval ham oshqozoningni muammo qilib, jangdan voz kechgansan. SHu sababli ham erkak bo'lib, ovozingni o'chir",-degan Toni.
Rossiyalik sobiq chempion ham o'z navbatida bu fikrlarga javob qaytardi.
"Toni, so'nggi uch yil ichida UFC'da bitta ham raundni yutganing yo'q. Bazi bir raundlarda esa 10-8 hisobida mag'lub ham bo'lding. So'nggi bor 2015 yilda TOP-15 jangchisini mag'lub etgansan. Sen mening darajam emassan va shu sababli ham seni kamsitishni istamayman. Bu gaplarim esa shunchaki faktlar",-deb yozib qoldirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Toni o'rtasidagi jangni UFC olti marta tashkil etmoqchi bo'lgan, biroq doim nimadir sabab bilan jang bekor bo'lgan.
Fikrlar