19 apr 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Spens Kroufordga "vyzov" tashladi
Amerikalik yarimo'rta vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lishni xohlaydi.
Amerikalik bokschi Errol Spens (28-0, 22 KO) kubalik Yordenis Ugasni mag'lub etib, yarimo'rta vazndagi WBC va IBF kamarlariga WBA kamarini ham qo'shib qo'ydi.
G'alabadan so'ng, 32 yoshli bokschi WBO kamari sohibi, hamyurti Terens Kroufordni (38-0, 29 KO) jangga chorladi.
"Keyingi jangimni kimga qarshi o'tkazishni xohlashimni hamma biladi. Terens Krouford bilan jang qilishni xohlayman. Bu men, va qolaversa barcha xohlayotgan jang.
Avval shu kamarlarni olib, keyin esa Kroufordning yoniga borib, uning ham kamarini olishimni aytgan edim. Terens, men sening kamaring uchun boryapman", - dedi Spens.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar