So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

05 iyu 09:57
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo

Sport fidoiysi SHerzod Toshmatovni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi, MOQ qoshidagi Tezkor shtab rahbari, O'zbekiston aralash jang sanatlari associaciyasi vice-prezidenti, bir so'z bilan aytganda sport fidoiysi SHerzod Toshmatov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

SHerzod Rixsiboevich haqida uni taniganlar faqat iliq fikr bildirishadi. U faoliyatining ilk davrida O'zbekiston muaytayini dunyoda birinchi o'ringa olib chiqa oldi. Hatto muaytay vatani hisoblangan tailandlik yakkakurash ustalari ham bu haqiqatni tan olishgandi. Uning tashabbusi bilan ilk bor yurtimizda muaytay bo'yicha Osiyo va jahon chempionati muvaffaqiyatli tarzda o'tkazildi.

2014 yilda SHerzod Toshmatov O'zbekiston boks federaciyasida vice-prezident lavozimida ish boshladi. Muaytay va boks bir-biridan keskin farq qiladigan sport turlari edi. Boksning ommaviyligi va eng muhimi olimpiya oilasiga mansub sport turi ekanligi SHerzod Rixsiboevich zimmasiga yuklatilgan vazifa qanchalik mashaqqatli hamda masuliyatli ekanini anglatardi.

Yangi rahbar tez orada qatiyatliligi, talabchanligi, muammolar qarshisida dovdirab qolmasligi, sport menejeriga xos noyob fazilati bilan O'zbekistonga boks kayfiyatini qaytara oldi. Jamoa bilan tez til topishdi. Bularning bari Olimpiadagacha amalga oshirildi. Bu say-harakatlar esa o'z mevasini bermay qolmadi.  

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida charm qo'lqop ustalarimiz chin manoda qahramonlik ko'rsatishdi. Rio-2016 Olimpiadasida bokschilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Tarixda hali bunday o'sish kuzatilmagan edi. 2016 yilning dekabrida SHerzod Toshmatov Osiyo boks federaciyasi vice-prezidenti etib tayinlandi hamda Ijroiya qo'mitasiga azo bo'ldi. 2017 yilning 30 aprel - 7 may kunlari Toshkent shahrida o'tgan Osiyo chempionati O'zbekiston boks terma jamoasining mutlaq g'olibligi bilan yakunlandi. O'nta vazn toifasida o'tgan chempionatning 9 vaznida oltin medal sohibi bo'lgan yigitlarimiz Osiyoda yangi rekord qayd etdilar.

12-22 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Bokuda o'tgan IV Islom birdamlik o'yinlaridagi charm qo'lqop ustalarimizning ishtiroki o'zbek boksi saviyasini yana bir bor namoyish etdi. Indoneziyada o'tgan Osiyo o'yinlarida 7 ta medalni qo'lga kiritgan holda vakillarimiz qitada ham birinchi bo'lishdi.

Qariyb bir yildirki, etakchi sport menejeri sifatida shakllangan SHerzod Toshmatov faoliyatidagi uchinchi sport tashkilotiga rahbarlik qilmoqda. U O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi lavozimida ishlayapti. Toshmatov bu erda ham yaxshi jamoa shakllantira oldi. Maqsadi - o'zbek taekvondosi yutuqlarini Olimpiadada namoyish etish.

Fursatdan foydalanib, SHerzod Rixsiboevich Toshmatovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklaymiz. Unga uzoq umr, tan-sihatlik, mamlakat sporti ravnaqi yo'lidagi xayrli ishlari bardavom bo'lishini tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing