30 iyu 14:08
Yangiliklar
Gimnastika
Sport gimnastikasida qoldirilgan Jahon kubogi bosqichlari 2021 yilda o'tkaziladi
Koronavirus pandemiyasining keng tarqalib borishi bazi sport turlarining bu yilgi “umriga nuqta qo'ymoqda”.
Malum bo'lishicha, Xalqaro gimnastika federaciyasi mazkur yil uchun mo'ljallagan Jahon kubogi bosqichlari va “CHellenj” turnirlarini kelasi yilga qoldirgan.
Mazkur yilda SHtutgart (Germaniya), Birmingem (Buyuk Britaniya) va Tokio (Yaponiya)da Jahon kubogi bosqichlari, Varna (Bolgariya), Qohira (Misr), Koper (Sloveniya) va Osiek (Xorvatiya)da “CHellenj” turnirlari o'tkazilmay qolgan edi. Kelasi yilga qoldirilgan mazkur musobaqalarning muddati yaqin orada elon qilinadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar