08 apr 18:53
Yangiliklar
Sport kurashlari
Sport kurashlari. Alisher G'aniev Osiyo chempioni, SHahzod Qo'chqorovda bronza
Sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatining bugungi kun bellashuvlari ham O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Yunon-rum kurashi bellashuvlarida yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.
-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Alisher G'aniev finalda KXDR vakili Se Ung Rini mag'lub etib, oltin medalga sazovor bo'ldi. SHuningdek, bronza medali uchun bahsda -72 kg vazn toifasida ishtirok etgan SHahzod Qo'chqorov yaponiyalik Taishi Narikunidan ustun keldi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar