21 sen 07:42
Yangiliklar
Sport kurashlari. Qizlarimiz tarixda ilk bor jahon chempionati finaliga chiqishdi
Ayollar kurashi bo'yicha bahslarda sportimiz tarixida ilk marotaba qizlarimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining finalida ishtirok etishadi. Aktenge Keunimjaeva (-53kg) va Nabira Esenbaeva (-62kg) bugun oltin medal uchun bahslarda yaponiyalik raqibalariga qarshi gilamga chiqadilar.
Malumot uchun, Aktenge musobaqa davomida Bolgariya, Mo'g'uliston, Ozarbayjon, AQSH sportchilarini mag'lubiyatga uchratdi. Nabira esa Qozog'iston, Belorus hamda Italiya vakillaridan ustun kelib, finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Nabira Esenbaeva shu yili kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida -57kg vazn toifasida va yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligida -59kg vazn toifasida kumush medalga ega chiqqandi.
Fikrlar