So’nggi yangiliklar

12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 12:37АҚШ терма жамоасининг Самарқанд мезбонлик қиладиган шахмат Олимпиадаси учун таркиби эълон қилинди 0

12 jan 19:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Sport maydonida nuroniylar + FOTO

Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan madaniy-marifiy va sport tadbirlari o'tkazilmoqda.

Xususan, Zangiota tuman hokimligi, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi, Nuroniy  jamg'armasi tuman bo'limi bilan hamkorlikda Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab, yoshi ulug' nuroniylar o'rtasida sportning suzish, engil atletika, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo'yicha o'ziga xos bellashuvlar bo'lib o'tdi. 

Tumanda istiqomat qilayotgan 200 nafardan ortiq 60 yoshdan 90 yoshgacha bo'lgan nuroniy otaxonlar shu kuni jismoniy imkoniyatarini sinovdan o'tkazishdi.  

Dastlab, otaxonlar ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarida ishtirok etishdi. SHundan so'ng, musobaqalarga start berildi. Qiziqarli va ajoyib tarzda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, g'oliblikni qo'lga kiritgan otaxonlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing