So’nggi yangiliklar

14:39Инсайдер Ислам Махачевнинг навбатдаги рақиби ва жанг санасини айтди 0 14:15Арман Царукян: "Волкановскини битта зарба билан нокаут қилган бўлардим" 0 13:41"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk 0 13:14Саидёқуб Қаҳрамонов ACA'нинг Беларусдаги турнирида қатнашмайди 0 12:40UFC навбатдаги йирик жангларни эълон қилди (ПОСТЕР) 0 12:12Warsaw European Open 2026`га қуръа ташланди. Бугун 4 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз! 0 11:39Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин 0 11:11Байсангур Сусуркаев ҳамюртимиз билан бир турнирда жанг қилади 0 10:40Шарифа Давронова ёпиқ иншоотдаги Жаҳон Чемпионатига йўлланма олди 0 10:16Ўзбекистонлик тажрибали ММА жангчиси Mangu 2 турнирида хитойлик спортчи билан жанг қилади (ПОСТЕР) 0 09:45Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди 0 09:14Тахмина Икромова Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида қатнашади 0 08:38Нурсултон Рўзибоев UFC'даги кейинги жангини Хитойда ўтказиши мумкин 0 08:12Полина Кудерметова Анталияда рейтингдаги қўшнисига мағлуб бўлди 0 07:30"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади 0

12 avg 17:50
Yangiliklar

Engil atletika, Qiziqarli!

Sport tarixidagi eng katta yolg'on: Masofani metroda bosib o'tgan marafonchi haqida bilasizmi?

Joriy yilning iyul oyida sport tarixidagi eng katta yolg'onchilardan biri bo'lgan Rozi Ruis vafot etdi, u 66 yoshda edi.

Rozi nomi marafon yugurishi tarixiga kirgan, ammo ayol bunday sharafni orzu qilmagan edi.

1980 yilda Ruis nufuzli Boston marafonida g'olib bo'ldi. Keyinroq u 42 km. o'rniga 1,6 km. yugurgani malum bo'ldi.

Boston marafoni ilk marotaba 1897 yilda o'tkazilgan va hozirgacha har yili aprelning uchinchi dushanbasida bo'lib o'tadi. Asosiy masofa - 42 km. 195 metr, ammo qisqaroq masofalar ham bor: yarim marafon va bolalarniki.

1980 yildagi marafon 84-marta o'tkazilgan. Erkaklarda kutilmagan holatlar kuzatilmadi - amerikalik Bill Rojers ketma-ket uchinchi yil g'olib bo'ldi. Ayollar o'rtasida esa sensacion tarzda savdo firmasida xodima bo'lib ishlagan asl kelib chiqishi Kubadan bo'lgan 27 yoshli amerikalik Rozu Ruis g'alaba qozondi.

Ruis hayratlanarli natija qayd etdi - 2.31,56 (2 soat, 31 daqiqa, 56 soniya), bu o'sha davr uchun marafonlar tarixidagi uchinchi natija bo'lgan. Ushbu marafon Ruis faoliyatidagi ikkinchisi edi.

SHokka tushgan jurnalistlar Rozidan bu natijaga qanday erishganini so'rashga urinishdi, sportchi ayol esa oddiy javob berdi: "SHug'ullandim".

Ruisga tantanali marosimda medal taqildi, lavr yaprog'idan gulchambar sovg'a qilindi. Uning suratlari AQSHning eng yirik nashrlarida chop etildi.

Biroq Rozining g'alabasi muxlislar va tashkilotchilarda shubha uyg'otdi. U qaerdan paydo bo'lganini va qanday qilib bunchalik tez etib kelganini hech kim tushunmasdi. Intervyuda u masofani qanday bosib o'tganini eslay olmadi, finishda esa uning qo'llari va yuzi quruq edi, futbolka xo'l bo'lsada uning tanasida bir tomchi ter topilmadi. Bundan tashqari, raqiba va volontyorlar uni eslay olishmadi.

TAS-IX emas


Haqiqat qisqa vaqt ichida oydinlashdi.

Suratkash Syuzan Morrou tashkilotchilarga marafon payti Rozini metro bekatida ko'rganini aytdi. Malum bo'lishicha, Roze suratkashga 10 mildan so'ng jarohat tufayli marafonni muddatidan avval yakunlaganini aytgan ekan.

Tashkilotchilar turli fotograflarning masofa oxirida olgan 10 mingta suratini o'rganib chiqishdi, ularning hech birida Ruisning rasmi yo'q edi. Kuzatuvchi volontyorlar ham uni trassada ko'rishmadi, biroq volontyorlardan biri finishga bir mil qolganda Ruis parkdan yo'nalishga tushib olganini ko'rgan ekan.

Rozining natijasini bekor qilib, kanadalik Jaklin Garoni chempion sifatida elon qilish uchun dalil va guvohlar etarli edi. Ruis bu ishlardan juda xafa bo'ldi: "Bu hayotimdagi ikkinchi eng yomon kun. Birinchisi, 18 yil avval otamni o'z mamlakatida tashlab ketganimda bo'lgan". Bir necha yil o'tib Ruis Boston marafonida g'irromlik qilmaganini aytdi. U tashkilotchilarga medalni qaytarmadi - Garoga boshqa medal yasab berishdi.

1996 yilda Rozining advokati Stiv Marek haqiqatni aytib berdi. Advokatning so'zlariga ko'ra, marafondan bir necha oy o'tib Ruis Stivga marafon masofasini metroda bosib o'tganini, trassaga so'nggi milda qo'shilganini aytib bergan ekan. Advokatning aytishicha, Rozi bu ishni g'alaba uchun qilmagan, shunchaki vaqtni noto'g'ri hisoblagan. "U muddatidan avval trassaga chiqdi, hech kim finishga etib kelmagandi. Rozi chempion bo'lganini eshitib, qolganlardan kam hayron bo'lmagan".

Taxminlarga ko'ra, Ruis haqiqatdan ham g'alabani ko'zlamagan, shunchaki yakuniy qaydnomada nomi bo'lishini istagan - uning Bostonga safarini ish beruvchi moliyalashtirgan va hisobot so'ragan. 

Keyinroq Ruis avvalgi marafonida ham shunday ayyorlik qilgani malum bo'ldi. U sovrindor bo'lmagani tufayli buni hech kim payqamagan.

Rozining sarguzashtlari Bostondagi marafondan keyin ham davom etdi - ammo sport sohasida emas. 1982 yilda uni o'zi ishlagan tashkilotdan 60 ming dollar o'g'irlagani uchun hibsga olishdi. Rozi bir hafta qamoqda o'tirdi va shartli qamoq jazosi oldi. Bir yil o'tib kokain sotishga uringan "marafonchi" yana policiyaga tushdi.

2019 yilning iyulida Rozi Ruis saratondan vafot etdi. Uning yolg'on g'alabasi Boston marafonini o'zgartirib yubordi: 1980 yildagi mojarodan so'ng barcha sportchilarga elektron chiplar o'rnatib qo'yishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing