03 dek 11:40
Yangiliklar
Boshqalar
Sport vaziri Adham Ikramov Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Kirsti Koventri bilan uchrashdi (FOTO)
SHu kunlarda Koreya Respublikasining Pusan shahrida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning VI Butunjahon konferenciyasi o'tkazilmoqda.
Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan ushbu konferenciyada O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov ishtirok etmoqda.
Konferenciya kun tartibidan 2027 yilda kuchga kirishi rejalashtirilgan yangi tahrirdagi Butunjahon antidoping kodeksi muhokamasi ham o'rin olgan.
Ahamiyatlisi, Adham Ikramov konferenciya doirasida WADA prezidenti Uitold Banka, shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Kirsti Koventri hamda XOQ faxriy prezidenti Tomas Bax bilan uchrashdi.










Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar