So’nggi yangiliklar

19:35Формула-1 Руандада Африка Гран-присини ўтказади 0 19:12UFC собиқ жангчиси уч марта ўқ еди 0 18:45“Манчестер Сити”дан 5 мавсум давомида 25 очкодан олиб ташланиши керак" - МЮ собиқ футболчиси 0 18:18"У ҳамма ўйлаганидек кучли эмас". Евлоев Волкановски ҳақида гапирди 0 17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0

28 may 15:10
Yangiliklar

Boshqalar

Sport vaziri Ko'kdalaga bordi

Bugun Sport vaziri Adham Ikramov Qashqadaryo viloyati Ko'kdala tumanida bo'lib, yangidan barpo etilgan sport majmuasi hamda u erda yo'lga qo'yilgan sport to'garaklari va sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaqindan o'rgandi.

Sport vaziriga Ko'kdala tuman hokimi X.Jo'raev hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i V.Ro'ziev hamrohlik qildi. Vazir bundan tashqari sportchilarning mashg'ulotlar bilan shug'ullanish jarayonlari ham ko'zdan kechirdi.

SHuningdek, Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Sport vazirligi tomonidan berilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan tibbiyot va reabilitaciya bo'limida olib borilayotgan ishlar ham o'rganildi. U erda sportchi-o'quvchilarga tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan masullar bilan muloqot o'tkazildi.

Keyingi manzilda Qashqadaryo viloyat futbol akademiyasi o'rganilib, u erdagi qurilish jarayonlari, inshootlarni jihozlash bo'yicha pudratchi tashkilot masullari bilan qurilish ishlarini o'z vaqtida va sifatli yakunlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Sport vaziri viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo'lib, maktab infratuzilmasi va o'quvchi-sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ular yuzasidan masullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing