So’nggi yangiliklar

18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0

15 may 16:40
Yangiliklar

Boshqalar

Sportchi va sanatkorlar “Sardoba” fojiasi jabrdiydalari holidan xabar olishdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda “Sardoba” fojiasi natijasida Mirzaobod tumanida joylashgan 532-sonli harbiy qism yotoqxonasiga vaqtincha evakuaciya qilingan aholi bilan uchrashdi.

Mazkur harbiy qismga Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod hamda Oqoltin tumanlaridagi “Birlik”, “Navbahor”, “Tinchlik” va “SHodlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 195 nafar fuqaro joylashtirilgan.

“Sardoba” fojiasi jabrdiydalari bilan do'stona uchrashuvda xalqimizning sevimli sanatkorlari, jumladan O'zbekiston xalq artisti, “SHaytanat” serialidagi Asadbek obrazi bilan yurtdoshlarimiz qalbidan joy olgan Yodgor Sadiev, taniqli rejissyor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Mirabbos Mirzaahmedov, shuningdek taniqli sportchilar, dzyudo bo'yicha Osiyo chempioni, harbiylar o'rtasida jahon chempionati g'olibi Ramziddin Saidov, taekvondo VTF bo'yicha Osiyo o'yinlari g'olibi Jasur Boyqo'ziev, shaxmat bo'yicha ko'plab xalqaro turnirlar g'olibi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Sarvinoz Qurbonboeva, erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Jamshid Marufov, Bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish bo'yicha jahon chempioni, “Mard o'g'lon” davlat mukofoti sohibi Javohir Qurbonov, sportning Universal jang turi bo'yicha 8 karra jahon chempioni Alisher Abdullaevlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda dastlab sanatkorlar o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarni xushnud etdi. SHundan so'ng davrada mahalliy sportsevar yoshlar o'z mahoratlarini namoyish etishdi va ular taniqli sportchilarimiz tomonidan rag'batlantirib turildi. Ehtimol, sirdaryolik yoshlarga berilgan sovg'alarning qiymati yuqori emasdir, ammo buni jahon chempionlari, qaysiki xalqaro arenalarda vatanimiz bayrog'ini yuqorilarga ko'tarib kelayotgan sportchilar qo'lidan qabul qilib olish o'sha bolakayning murg'ak qalbida sportga mehr uyg'otishiga shubha yo'q.

SHuningdek, tadbir davomida Sarvinoz Qurbonboeva mahalliy shaxmat ishqibozlariga o'ziga xos master-klass (mahorat darslari) o'tdi. Tadbir so'ngida fuqarolarni bo'sh vaqtlarida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari, qolaversa kitob o'qishlari uchun sport formalari va badiiy asarlar taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing