So’nggi yangiliklar

19:04Фомин Тенерифе Челленжерининг илк босқичида дунёнинг 178-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 18:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойни йирик ҳисобда таслим қилди 0 18:17Промоутер Бивол ва Бетербиев ўртасидаги учинчи жанг муддати ҳақида гапирди 0 17:52Музаффарбек Тўрабоевда янги унвон + ФОТО 0 17:27Гэтжи қандай ҳолатда Порье билан трилогия амалга ошиши мумкинлиги айтди 0 17:05Ямайка терма жамоаси сардорининг "Динамо" билан келишуви амалга ошмади 0 16:39Чимаев вазн ташлашдан чарчагани ва вазнини ўзгартириши мумкинлиги айтилди 0 16:16UFC P4P рейтинги янгиланди. Волкановски юқорилади, Махачев ҳамон пешқадам 0 15:52Шавкат Раҳмонов нега иккинчи маротаба операция қилинди? Мураббий жавоб берди 0 15:28Расман: Бензема — "Ал Ҳилол" футболчиси 0 15:05Царукян Хабиб Нурмагомедов уни қўллаб-қувватлаган лаҳзани эслади 0 14:41Исроил Мадримовнинг вазнида чемпионлик жанги анонс қилинди 0 14:20UFC рейтинги янгиланди: Шавкат Раҳмонов рейтингдан чиқарилди 0 13:57"Атлетико" ҳужумчи сотиб олганини эълон қилди 0 13:36Таэквондочиларимиз "Fujayrah Open" турнирида жами 14 та медаль жамғаришди 0

30 dek 18:02
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportchilarimiz pul mukofoti bilan taqdirlanishdi + FOTOGALEREYA

Teglar :  TaqdirlashVazirlik
Bugun O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bir guruh sportchilar hamda ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Unda yakuni sari yaqinlashib borayotgan 2019 yilda Jahon chempionati va 30-Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilar hamda ularni ushbu musobaqalarga tayyorlagan murabbiylar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. 

Marosimni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov kirish so'zi bilan ochib, sportchilar hamda ularning murabbiylarini qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi va 2020 yili Tokioda o'tkaziladigan Olimpiadada g'alabalar bardavom bo'lishini tiladi. 

SHuningdek, tadbirda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi masul xodimi SHavkat Sultonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mukofotlangan sportchi va trenerlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Malumot uchun, Butunjahon yozgi Universiadada O'zbekiston sport delegaciyasi 7 ta oltin, 9 ta kumush, 12 ta bronza, jami 28 ta medalga sazovor bo'lgan holda 112 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 19-o'rinni egallagandi. O'n kun davom etgan ushbu nufuzli musobaqada sayyoramizning 112 davlatidan kelgan jami 5 971 nafar sportchi 18 ta sport turi bo'yicha 222 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borgan edi.

Sportning Olimpiya va Paralimpiya, shu jumladan, og'ir atletika bo'yicha 14-28 sentyabr kunlari Pattayya (Tailand), parasuzishda 16-22 sentyabr kunlari London (Buyuk Britaniya), parataekvondo bo'yicha 3-8 fevral kunlari Antaliya (Turkiya), para engil atletikada 7-15 noyabr kunlari Dubay (BAA) shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionatlarida sportchilarimiz aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritishgandi. 

Jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar hamda ularning murabbiylari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Farmoyishga ko'ra oltin medal sohiblarining har biri 12 ming AQSH dollari, kumush va bronza medali egalari esa mos ravishda 6 ming va 3 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi. Bu sportchilarning murabbiylari esa mos ravishda 6 ming, 3 ming va 1,5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlariga sazovor bo'lishdi.

SHuningdek, tadbirda ilk marotaba joriy yil 3-14 iyul kunlari Neapol (Italiya) shahrida bo'lib o'tgan XXX Butunjahon yozgi universiada o'yinlarida sovrinli o'rinlarga sazovor bo'lgan atletlar ham taqdirlanishdi. Universiada o'yinlari g'oliblari 10 ming AQSH dollari, kumush medal sohiblari 5 ming AQSH dollari hamda bronza medali egalari esa 2,5 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi.

Mukofotlangan sportchi va murabbiylar:

Jahon chempionati sovrindorlari (sportchilar):

Oltin

Toshpo'latova SHohsanam Dilshodbek qizi - parasuzish oltin va bronza

Soliev Doniyor Nurulla o'g'li - para engil atletika

Omonov Bobirjon Zoirjon o'g'li - para engil atletika

Norbekov Husniddin Qilichboevich - para engil atletika

CHevarov Bekjon Sirojiddin o'g'li - para engil atletika

Kumush

Jo'raev Akbar Husnidilla o'g'li - og'ir atletika

Musabekov Firdavs Ulug'bek o'g'li - parasuzish

Aslanov Islom Daminovich - parasuzish 3 ta kumush

Naimova Guljanoy Abdulla qizi - parataekvondo

Burxonova Safiya Kaimovna - para engil atletika

Giyasov Timur Muxamatjon o'g'li - para engil atletika

Bronza

Nabieva Muattar Abdullajon qizi - og'ir atletika

Ergashev Adhamjon Abdullajon o'g'li - og'ir atletika

Tursunxo'jaev Muzaffar SHuhratillo o'g'li - parasuzish

Mirzohidova Nigoraxon Farhod qizi - parasuzish

Marasulov Azizjon Azimjon o'g'li - parataekvondo

Muxtorov Sanjar Toshpo'lat o'g'li - parataekvondo

Sultonov Elbek Ulash o'g'li - para engil atletika

Qayumova Nozimaxon No'monjonovna - para engil atletika

Murabbiylar

Oltin

Amilov Ravshanbek Qobiljonovich - parasuzish oltin va bronza

Kazakova Anna Valerevna - para engil atletika

Xaydarov Movlonbek Muxtorovich - para engil atletika

SHishkov Igor Gennadievich - para engil atletika

Kazakova Galina Mixaylovna - para engil atletika

Kumush

Mirzajonov Farhod Mirhamidovich - og'ir atletika

Abdullaev Nodirbek Bahodirjonovich - parasuzish

Xorlin Sergey Fyodorovich - parasuzish 3 ta kumush

Qo'ziev Bobir Sobirovich - parataekvondo kumush va bronza

Kamuliya Grigoriy Grigorevich - para engil atletika

Xodjamov Raxmonberdi Jumaevich - para engil atletika

Bronza

Tog'aev Mahmud Abdullaevich - og'ir atletika

Mendibaev Bahrom Rustamovich - og'ir atletika

Abdullaev Murodbek Bahodirjonovich - parasuzish

Karimov Ravshan Baxtiyorovich - parasuzish

Jo'raev Ummatqul Mamatqulovich - parataekvondo

Haydarov Hakimjon Mamirovich - para engil atletika

Abduxalikov Sardor Abduxalikovich - para engil atletika bronza

 

XXX Butunjahon yozgi universiada o'yinlarining g'olib va sovrindori:

Sultonov Humoyun Agzamovich - tennis oltin va kumush

Fayziev Sanjar Azamat o'g'li - tennis oltin

Pulatov Niyoz Sergeevich - taekvondo kumush

Xurramov Muhammadkarim SHokir o'g'li - dzyudo bronza

To'raev Hikmatullo Doston o'g'li - dzyudo bronza

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - dzyudo bronza

Bobonov Davlat Husniddin o'g'li - dzyudo bronza

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV

Reyting:    

Fikrlar

   
30 dek 21:47:12
Husniddin Mirzaliyev
Теннисчиларимизни хам унутишмабди, бўларкану. Аслида бу кам, аммо йўқдан кўра...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing