So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

29 noy 07:50
Yangiliklar

Stol tennisi

Sportimiz mutasaddilaridan o'ziga xos master–klass yoxud shaxsiy namuna effekti

Poytaxtimizdagi O'zbekiston badminton federaciyasiga qarashli Badminton markazida ommaviy axborot vositalari hamda turli vazirlik, idora va yirik korxona-tashkilotlarning matbuot xizmati vakillari ishtirokida Do'stlik spartakiadasi sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

Matbuotchilarning o'ziga xos sport bayramiga aylanib ketgan spartakiadada respublikamizda faoliyat yuritayotgan 150 nafarga yaqin jurnalistlar, matbuot xizmati va OAV xodimlari sportning badminton, stol tennisi va voleybol turlari bo'yicha o'z mahoratlarini sinab ko'rishdi.

Spartakiada o'yinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan Jismoniy tarbiya va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov musobaqaning o'tkazilish jarayoni, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning kayfiyatlari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida MOQ raisi hamda vazir o'rinbosari OAV xodimlari uchun stol tennisidan o'ziga xos mahorat sabog'ini taqdim etib berishdi. SHu bilan birga har ikki tashkilot mutasaddilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida o'z xodimlari va ularning oila azolari o'rtasida haftaning shanba kunlari soat 14:00dan keyin sport musobaqalari tashkil etilishiga etiborni yanada kuchaytirishga kelishib oldi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing