24 apr 17:31
Yangiliklar
Tennis
Srpska Open. 70-raketka finalda 6-raketkani mag'lub etdi
Bosniya va Gercegoviniyaning Banya-Luka shahrida tennis bo'yicha ATP turniri kutilmagan natija bilan yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning oltinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Andrey Rublyov ATP reytingining 70-pog'onasida borayotgan serbiyalik Dushan Layovichga 3/6, 6/4, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Serb rossiyalikka noqulay raqibligicha qolmoqda. O'zaro o'tkazilgan uchinchi uchrashuvda ham Dushan Andreyni mag'lubiyatga uchratdi - 3:0.
Srpska Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Layovichga 250 reyting ochkosi hamda 85,605 evro mukofot puli keltirdi. Rublyov esa 150 ochko va 49,940 evrolik bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar