09 noy 11:30
Yangiliklar
Tennis
Sten Vavrinka: "Faoliyatimni yakunlaguncha yana bir turnirni yutsam, ajoyib bo'lardi"
Tennischi Sten Vavrinka faoliyatini yakunlagunga qadar yana bir sovrin yutishni istamoqda.
SHveycariyalik tennischi 3ta "Katta Dubulg'a"ni qo'shib hisoblaganda 16ta sovringa ega chiqqan. Biroq u 2017 yildan buyon birorta turnirda g'olib bo'lmadi.
"Ha, men birorta sovrin yutishni astoydil istayman va oldimga maqsad qilib qo'yganman. Bu mening jiddiy mashg'ulot qilib, chin yurakdan shug'ullanishimga sabab bo'lmoqda. Yana bir sovrinni yutishni istayman. Bu faoliyatimni yakunlagunimga qadar bo'lgan eng asosiy maqsadim bo'lib qoladi", - dedi Sten Vavrinka.
Havola :
Manba : UniversTennis
Fikrlar