15 okt 17:39
Yangiliklar

Sterling Abu-Dabida tasodifan Yan bilan uchrashib qoldi
"Mendan Yan bilan Abu-Dabida qachon jang qilishim haqida ko'p so'rashadi. Men ham buni bilishni istardim. Biz sovg'alar sotib olayotganimizda kimdir meni chaqirayotganini eshitib qoldim. O'girilib qarasam, bu Yan edi. Uni shundoq o'tib ketadi deb o'ylagandim.
Agar men uni birinchi ko'rib qolganimda, oldiga borib, suhbatni boshlamagan bo'lardim. Biz bir-birimizni bilmaymiz, turli tillarda gaplashamiz. Kim biladi, balki u erda tartibsizlik uyushtirishni istagandir. Biroq, biz bir-birimizga nisbatan hurmat bilan gaplashdik. Bu jang tugaganidan so'ng barchasi ortda qolishini anglatadi. Yan o'zini boshqa tomonlama ko'rsatdi va bu ajoyib. O'ylaymanki, boshqa hayotda biz do'st bo'lardik. Garchi buni tan olish qiyin bo'lsada", - dedi Sterling.
Fikrlar