03 jan 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling Dominik Kruz bilan mashg'ulot o'tkazdi
Aljemeyn Sterling Dominik Kruz bilan shug'ullandi.
Eng engil vaznda (- 53 kg) UFC chempioni, amerikalik Aljemeyn Sterling (22-3) hamyurti va o'z vaznidagi ehtimoliy raqibi Dominik Kruz (24-4) bilan mashg'ulotidan suratni joyladi.
"Biz qachondir bir-birimiz bilan jang qilamiz, deb o'ylamayman. Lekin afsonalar bilan jang qilmasam, ular bilan mashg'ulot qilishni, ulardan nimadir o'rganishni istardim, deb doim aytganman. Menimcha, siz shu orqali rivojlanasiz. Siz sportning tajribali "gangster"laridan nimadir o'rganish orqali yaxshilanishingiz mumkin", - deb izohlagan mazkur suratni Sterling.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar